---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.66.1
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser/en/personal-data-protection/data-collection.md
  - https://yandex.com/support/browser/kk/personal-data-protection/data-collection.md
  - https://yandex.com/support/browser/ru/personal-data-protection/data-collection.md
  - https://yandex.com/support/browser/tr/personal-data-protection/data-collection.md
  - https://yandex.com/support/browser/uz/personal-data-protection/data-collection.md
  - href: https://yandex.com/support/browser/uz/personal-data-protection/data-collection.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.com/support/browser/uz/llms.txt?revision=cc7ccc3396769a48c2cb634dc87c542509d17691
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser/uz/llms.txt?revision=cc7ccc3396769a48c2cb634dc87c542509d17691

# Brauzer va foydalanuvchi maʼlumotlari

{% note info %}

Maʼlumotlaringizni himoyalash hamda soʻrovlar va tashriflar haqidagi axborotni maxfiy saqlash uchun [Inkognito rejimidan](https://yandex.com/support/browser/uz/personal-data-protection/incognito-mode.md) foydalaning hamda [shaxsiy maʼlumotni himoyalash boʻyicha umumiy tavsiyalarga](https://yandex.uz/support/common/uz/security/privacy-protect.html) amal qiling.

{% endnote %}

[Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) tomonidan to‘plangan barcha ma’lumotlarni Yandex [Maxfiylik siyosati](https://yandex.uz/legal/confidential/) va [Litsenziya kelishuvi](https://yandex.ru/legal/browser_agreement/uz/) shartlari asosida qayta ishlaydi.

## Brauzer qanday maʼlumotlarni qayta ishlaydi {#what-data}

Xizmatni taqdim etish uchun Brauzer quyidagi maqsadlarda maʼlumotlarni qayta ishlaydi:

* [alohida funksiyalarning](#features) toʻgʻri ishlashi (masalan, maʼlumotlar uzatish tezligini oshirish yoki foydalanuvchilarni viruslardan himoya qilish);
* Brauzerdan foydalanish [statistikasi](#statistics);
* foydalanuvchilarning [muammolarini hal qilish](#problem-solving).

## Alohida funksiyalarning ishlashi uchun zarur ma’lumotlar {#features}

#### [Tablo](https://yandex.com/support/browser/uz/personalization/tableau.md) {#tableau}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||

||
Tabloga qo‘shilgan saytlarning manzillari
|
Maʼlumotlar standart tarzda ulashiladi.

Saytning tablodagi dizayni uchun uning favikoni va asosiy rangi ishlatiladi.
|
Tablodan saytlarni oddiy usulda oʻchirsangiz, manzillar ham oʻchiriladi.
||

||
Joylashuv
|
Maʼlumotlar standart tarzda ulashiladi.

Tablo birinchi marta ochilganda katakchalar toʻplami joylashuvingizga bogʻliq.
|
Brauzer birinchi marta ishga tushirilganda maʼlumotlar bir marta yuboriladi — bu Brauzerning toʻgʻri ishlashini taʼminlash uchun texnik zaruratdir.
||

||
Kompyuterning texnik xususiyatlari (model, operatsion tizim, ekran oʻlchami)
|
Maʼlumotlar standart tarzda ulashiladi.

Kompyuter xususiyatlari Tabloni server bilan sinxronlash uchun zarur.
|
Bu ma’lumotlarsiz Brauzerdan foydalanish imkonsiz.
||
|#

</div>

#### [Qidiruv](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/about.md) {#search}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||

||
[Foydalanuvchining unikal identifikatori](*uid)

|
Brauzerdan avtorizatsiya qilingan Yandex hisobi bilan foydalanilganda maʼlumotlar uzatiladi. Ular qidiruv paytida foydalanuvchining shaxsiy afzalliklarini hisobga olish uchun kerak.
|
Agar bu maʼlumotlarni Yandex bilan ulashishni istamasangiz, Brauzerdan hisobingizga kirmasdan foydalaning.
||

||
Kompyuter interfeysi tili
|
Qidiruvdan foydalanganda maʼlumotlar standart tarzda ulashiladi.

Qidiruv so‘roviga shu tildagi javoblar tanlab olinadi.
|
Toʻplangan maʼlumotlar Brauzerning toʻgʻri ishlashi uchun zarur. Bu maʼlumotlarsiz uning ishlashi imkonsiz.

Agar bu maʼlumotlarni Yandexga berishni istamasangiz, sozlamalarda [qidiruv tizimini standart tarzda](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/search-settings.md#by-default) oʻzgartirishingiz mumkin. Bunday holda, siz tanlagan xizmat qidiruv uchun maʼlumotlarni soʻraydi va qayta ishlaydi.
||

||
Qidiruv paytida foydalaniladigan boshqa ma’lumotlar
|
Qidiruv sifatini yaxshilash uchun maʼlumotlar standart tarzda ulashiladi.
|
Bu ma’lumotlarsiz Brauzerdan foydalanish imkonsiz. Agar bu maʼlumotlarni Yandexga berishni istamasangiz, sozlamalarda [qidiruv tizimini standart tarzda](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/search-settings.md#by-default) oʻzgartirishingiz mumkin. Bunday holda, siz tanlagan xizmat qidiruv uchun maʼlumotlarni soʻraydi va qayta ishlaydi.
||
|#

</div>

#### Rasm boʻyicha qidirish {#search-by-pic}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||

||
Agar Yandexdan shunga o‘xshash rasmlarni topishni so‘rasangiz, surat yoki rasm.
|
Maʼlumotlar andoza asosida oʻxshash rasmlarni qidirish uchun standart tarzda ulashiladi.
|
Rasm qidiruvi faqat tahlil uchun asl rasmni yuborganingizda ishlaydi. Agar rasmni uzatishga tayyor boʻlmasangiz, bu funksiyadan foydalanmaganingiz maʼqul.
||
|#

</div>

#### Qidiruv bo‘yicha [tavsiyalar](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/smart-string.md#suggests) {#search-suggests}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||

||
[Foydalanuvchining unikal identifikatori](*uid)
|
**Manzillar va soʻrovlarni terganda tavsiyalar koʻrsatish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi.

Ular qidiruv paytida foydalanuvchining shaxsiy afzalliklarini hisobga olish uchun kerak.
|
Bu maʼlumotlar qidiruv [tavsiyalari](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/smart-string.md#suggests) funksiyasining toʻgʻri ishlashi uchun zarur. Buni istalgan vaqt sozlamalar orqali faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. **Qidiruv** menyusida **Manzillar va soʻrovlar terilganda maslahatlarni aks ettirish** parametrini faolsizlantiring.
||

||
Kompyuter interfeysi tili
|
**Manzillar va soʻrovlarni terganda tavsiyalar koʻrsatish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi.

Qidiruv tavsiyalari kompyuter interfeysi tilida tanlanadi.
|
Bu maʼlumotlar qidiruv [tavsiyalari](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/smart-string.md#suggests) funksiyasining toʻgʻri ishlashi uchun zarur. Buni istalgan vaqt sozlamalar orqali faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. **Qidiruv** menyusida **Manzillar va soʻrovlar terilganda maslahatlarni aks ettirish** parametrini faolsizlantiring.
||

||
Kompyuterning joylashuvi
|
**Manzillar va soʻrovlarni terganda tavsiyalar koʻrsatish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi.

Tavsiyalar roʻyxati joylashuvingizga bogʻliq (masalan, “muzeylar” soʻrovi boʻyicha brauzer hududingizdagi yirik muzeylarni koʻrsatadi).
|
Bu maʼlumotlar qidiruv [tavsiyalari](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/smart-string.md#suggests) funksiyasining toʻgʻri ishlashi uchun zarur. Buni istalgan vaqt sozlamalar orqali faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. **Qidiruv** menyusida **Manzillar va soʻrovlar terilganda maslahatlarni aks ettirish** parametrini faolsizlantiring.
||

||
[Aqlli qatorga](*smart-link) kiritiladigan belgilar
|
[Aqlli satr](*smart-link) ishlatilganda maʼlumotlar ulashiladi.

Tavsiyalar ro‘yxati siz kiritadigan belgilarga qarab moslashadi.
|
Bu ma’lumotlarsiz Brauzerdan foydalanish imkonsiz. Ma’lumotlarni uzatmaslik uchun [standart bo‘yicha qidiruv tizimini o‘zgartiring](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/search-settings.md#by-default). Shunda Yandex ma’lumotlaringizni olmaydi, lekin ularni siz tanlagan boshqa qidiruv tizimi olishi mumkin.
||

||
Avval bajarilgan qidiruv so‘rovlari
|
**Manzillar va soʻrovlarni terganda tavsiyalar koʻrsatish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular nima qidirayotganingizni yaxshiroq tushunishga va yanada mos tavsiyalar roʻyxatini tuzishga yordam beradi.
|
Bu maʼlumotlar qidiruv [tavsiyalari](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/smart-string.md#suggests) funksiyasining toʻgʻri ishlashi uchun zarur. Buni istalgan vaqt sozlamalar orqali faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. **Qidiruv** menyusida **Manzillar va soʻrovlar terilganda maslahatlarni aks ettirish** parametrini faolsizlantiring.
||

||
Qidiruv natijasidagi havolalarga o‘tish

[Bukmarklar](https://yandex.com/support/browser/uz/favourites/izbrannoe-search.md)
|
**Manzillar va soʻrovlarni terganda tavsiyalar koʻrsatish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi.

Agar bukmarklaringizda kiritilgan so‘rovga mos keluvchi sahifalar bor bo‘lsa, ular tavsiyalar ro‘yxatida ko‘rinadi.
|
Bu maʼlumotlar qidiruv [tavsiyalari](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/smart-string.md#suggests) funksiyasining toʻgʻri ishlashi uchun zarur. Buni istalgan vaqt sozlamalar orqali faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. **Qidiruv** menyusida **Manzillar va soʻrovlar terilganda maslahatlarni aks ettirish** parametrini faolsizlantiring.
||

||
[Tarix](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/history.md)
|
**Manzillar va soʻrovlarni terganda tavsiyalar koʻrsatish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi.

Agar kiritilgan so‘rovga mos keluvchi sahifalarga kirgan bo‘lsangiz, ular tavsiyalar ro‘yxatida ko‘rinadi.
|
Bu maʼlumotlar qidiruv [tavsiyalari](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/smart-string.md#suggests) funksiyasining toʻgʻri ishlashi uchun zarur. Buni istalgan vaqt sozlamalar orqali faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. **Qidiruv** menyusida **Manzillar va soʻrovlar terilganda maslahatlarni aks ettirish** parametrini faolsizlantiring.
||
|#

</div>

#### Navigatsiya {#navigation}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||

||
Ochilgan sahifadagi tashqi havolalar.
|
**Sahifalarni tezroq yuklash uchun sahifa maʼlumotlarini oldindan soʻrash** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular joriy sahifadan oʻtish mumkin boʻlgan sahifalarni tezroq yuklash uchun kerak.
|
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. **Qidiruv** ruknida **Sahifa ma’lumotlarini tezroq yuklash uchun ularni oldindan so‘rash** bandini faolsizlantiring.
||

||
Domen topilmagani yoki server javob bermayotgani sababli ochilmayotgan sahifaning manzili.
|
**Sahifalarni tezroq yuklash uchun sahifa maʼlumotlarini oldindan soʻrash** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular [navigatsiya xatolarida](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/search-settings.md#page-doesnt-open) yordam berish uchun kerak.
|
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. **Qidiruv** blokida **Veb-sayt manzillar xato kiritilganida tuzatishlarni taklif qilish** parametrini faolsizlantiring.
||
|#

</div>

#### Sahifa va fayllarni koʻrish {#view-files}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||

||
Foydalanuvchi tomonidan Brauzerda ochilgan ofis formatidagi fayl [Yandex Diskka](https://yandex.uz/support/yandex-360/customers/disk/web/uz/) yuboriladi.
|
**Ofis formatidagi fayllarni brauzerda ochish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular Brauzerda MS Office fayllarini [koʻrishingiz va tahrirlashingiz](https://yandex.com/support/browser/uz/working-with-files/view-files.md) uchun kerak.
|
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Vositalar** bosing.
1. **Fayllarni ko‘rish** blokida **Ofis formatidagi fayllarni brauzerda ochish** parametrini faolsizlantiring.
||
|#

</div>

#### [Tarjima](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/translators-settings.md) {#translate}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||
||
Ochiq sahifa matnining manzili va qismi
|
**Tili interfeys tilidan farq qiladigan sahifalarni tarjima qilishni taklif qilish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular tilni aniqlash uchun kerak.
|
Toʻplangan maʼlumotlar xizmatning toʻgʻri ishlashi uchun zarur boʻlib, ushbu maʼlumotlarsiz uning ishlashi imkonsiz.

Brauzerda sahifalar tarjimasini faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Vositalar** bosing.
1. **Tarjimon** menyusida **Tili interfeys tilidan farq qiluvchi sahifalarni tarjima qilishni taklif qilish** parametrini faolsizlantiring.
||

||
Ochilgan sahifa matni
|
**Tili interfeys tilidan farq qiladigan sahifalarni tarjima qilishni taklif qilish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular sahifani boshqa tilga tarjima qilish uchun kerak.
|
Toʻplangan maʼlumotlar xizmatning toʻgʻri ishlashi uchun zarur boʻlib, ushbu maʼlumotlarsiz uning ishlashi imkonsiz.

Brauzerda sahifalar tarjimasini faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Vositalar** bosing.
1. **Tarjimon** menyusida **Tili interfeys tilidan farq qiluvchi sahifalarni tarjima qilishni taklif qilish** parametrini faolsizlantiring.
||

||
Belgilangan matn
|
**Belgilangan soʻz va iboralarni tarjima qilish** va **Kursorni olib borish va Shift tugmasini bosish orqali soʻzlarni tarjima qilish** parametrlari yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi.

Maʼlumotlar [belgilangan matnni](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/translators-settings.md) boshqa tilga tarjima qilish uchun zarur.
|
Toʻplangan maʼlumotlar xizmatning toʻgʻri ishlashi uchun zarur boʻlib, ushbu maʼlumotlarsiz uning ishlashi imkonsiz.

Brauzerda sahifalar tarjimasini faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Vositalar** bosing.
1. **Tarjimon** menyusida **Belgilangan soʻzlar va jumlalarni tarjima qilish** hamda **Kursor olib borilganida va Shift tugmasi bosilganida soʻzlarni tarjima qilish** parametrlarini faolsizlantiring.
||
|#

</div>

#### [Reklamani filtrlash](https://yandex.com/support/browser/uz/security/ad-protection.md) {#ad-protection}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||
||
Siz [shikoyat qilgan](https://yandex.com/support/browser/uz/security/hide-ad.md) reklamalar joylashtirilgan sahifalarning manzillari.
|
Reklama ustidan shikoyat qilinganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular reklamalarni filtrlash algoritmlarini takomillashtirish uchun zarur.
|
Sahifa manzillari faqat ularda joylashtirilgan reklamalar ustidan shikoyat qilganingizda ulashiladi. Ular shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur.

Yandex Brauzerda xalaqit beruvchi reklamalarni avtomatik bloklash funksiyasi mavjud. Uni sozlash uchun:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Vositalar** bosing.
1. **Reklamani bloklash** blokida **Nomaqbul reklamalarni bloklash** va **Sahifalarni ko‘rishga xalaqit beruvchi reklamalarni bloklash** parametrlarini faolsizlantiring.
1. **Reklamani bloklash** boʻlimida **Nomaqbul reklamalarni bloklash** va **Sahifalarni koʻrishga xalaqit beruvchi reklamalarni bloklash** parametrlarini yoqing yoki faolsizlantiring.
||
|#

</div>

#### [Neyroprotekt](https://yandex.com/support/browser/uz/security/protection.md) {#protect}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||
||
Shubhali sahifa va fayllar haqida maʼlumot
|
**Kirilgan saytlar va yuklab olingan fayllarning xavfsizligini tekshirish** va **Shubhali fayllar va saytlar haqidagi maʼlumotlarni Yandexga yuborish** parametrlari yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi.

Bu maʼlumotlar xavfli [sahifalarni](https://yandex.com/support/browser/uz/security/virus-protection.md) bloklash va yuklanayotgan [fayllarni](https://yandex.com/support/browser/uz/security/file-checking.md) tekshirish uchun zarur.

{% cut "Texnik tafsilotlar" %}

Zararlangan va fishing saytlarining qisqartirilgan Yandex ma’lumotlar bazasi kompyuteringizga yuklab olinadi. U oʻz ichiga xavfli sahifalar manzillari [heshlarining](*hash) prefikslarini oʻz ichiga oladi. Sahifani ochishdan oldin Brauzer u manzil heshini hisoblab chiqadi va mahalliy ma’lumotlar bazasida hesh prefiksini tekshiradi. Mos kelsa, Brauzer serverga sahifaning prefiksini yuboradi va javoban bu prefiks bilan boshlangan xavfli sahifalarning to‘liq heshlarini oladi. Sahifalar roʻyxatida soʻralgan sahifaning xeshi topilsa, u bloklanadi.

{% endcut %}

|
Toʻplangan maʼlumotlar xizmatning toʻgʻri ishlashi uchun zarur boʻlib, ushbu maʼlumotlarsiz uning ishlashi imkonsiz.

Zararli dasturiy taʼminotga ega sahifalarni bloklashni faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. Sahifaning yuqori qismidagi **Xavfsizlik** varagʻini oching.
1. **Tahdidlardan himoya qilish** boʻlimida **Kirib chiqilgan saytlar va yuklab olingan fayllarning xavfsizligini tekshirish** va **Shubhali fayllar va saytlar haqidagi ma’lumotlarni Yandexga yuborish** parametrlarini faolsizlantiring.

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan **Xavflardan himoya** parametrini faolsizlantirishni tavsiya qilmaymiz.
||

||
Foydalanuvchi ochishni xohlagan sahifaning manzili.
|
**Xavfsiz DNS serveridan foydalanish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular [DNSCrypt](https://yandex.com/support/browser/uz/security/dnscrypt.md) yordamida shifrlash uchun zarur.
|
Toʻplangan maʼlumotlar xizmatning toʻgʻri ishlashi uchun zarur boʻlib, ushbu maʼlumotlarsiz uning ishlashi imkonsiz.

Sahifa manzillari faqat **Xavfsiz DNS serverdan foydalanish** yoqilganda ulashiladi.

Xavfsiz DNS serverini yoqish yoki faolsizlantirish mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. Sahifaning yuqori qismidagi **Xavfsizlik** varagʻini oching.
1. **Ulanishni himoyalash** boʻlimida **DNSCrypt yordamida shifrlash uchun DNS-serverdan foydalanish** parametrini oʻchiring.

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan **Ulanishda himoya** parametrini faolsizlantirishni tavsiya qilmaymiz.
||

||
To‘lov kartasi raqamini kiritishda serverga to‘lov shakli sahifasining manzili va karta raqamining dastlabki beshta raqami yuboriladi.
|
**Bank kartalari anti-fishingi** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular [toʻlov maʼlumotlarini himoya qilish](https://yandex.com/support/browser/uz/security/card-protection.md) uchun kerak.
|
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.
1. Sahifaning yuqori qismidagi **Xavfsizlik** varagʻini oching.
1. **Tahdidlarga qarshi himoya** bo‘limida **Bank kartalari antifishingi** parametrini faolsizlantiring.
||
|#

</div>

#### [Maʼlumotlarni saqlash](https://yandex.com/support/browser/uz/device/sync.md) {#sync}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||

||
- [Yandexdagi avtorizatsiya ma’lumotlari](https://yandex.uz/support/id/uz/auth.html) (email manzili)
- [Tablo](https://yandex.com/support/browser/uz/personalization/tableau.md)
- [Bukmarklar](https://yandex.com/support/browser/uz/favourites/izbrannoe-search.md)
- Shifrlangan holatdagi [parollar](https://yandex.com/support/browser/uz/security/passwords-sync.md)
- [Avtomatik kiritish](https://yandex.com/support/browser/uz/personal-data-protection/autofill.md) ma’lumotlari
- Ochilgan [varaqlar](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/tabs-actions.md)
- [Kengaytmalar](https://yandex.com/support/browser/uz/personalization/extension.md)
- [Tarix](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/history.md)
- Brauzerning ayrim sozlamalari
|
Maʼlumotlarni saqlash yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular qurilmalardagi maʼlumotlarni sinxronlash va qurilmangiz ishdan chiqqan yoki yoʻqolgan taqdirda maʼlumotlarni tiklash uchun zarur.
|
Maʼlumotlarni [qisman](https://yandex.com/support/browser/uz/device/sync.md) yoki toʻliq saqlashni faolsizlantirish:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Profilim**&nbsp;→ **Maʼlumotlarni boshqarish** tugmasini bosing.
1. Yandex ID hisobingizda qaysi ma’lumotlarni saqlash kerakligini tanlang.
||
||
Toʻlov kartasi maʼlumotlari
|
**Parol va karta** maʼlumotlarini saqlash parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular keyinchalik saytlardagi toʻlov shakllariga avtomatik ravishda kiritish uchun kerak.
|
Hisobingizda toʻlov kartalarini saqlashni yoqishingiz yoki faolsizlantirishingiz mumkin:
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Profilim**&nbsp;→ **Maʼlumotlarni boshqarish** tugmasini bosing.
1. **Parollar va kartalar** parametrini yoqing yoki faolsizlantiring.
||
|#

</div>

#### [Fikrlar](https://yandex.com/support/browser/uz/recommendation/review.md) {#review}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||
||
Veb–sayt reytingini ko‘rish:

- sayt manzili;

- Qurilmaning IP manzili;

- [User-Agent qatori](*user-agent).
|
**Onlayn doʻkon reytingini koʻrsatish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular ilova funksiyalari va moslashtirishni yaxshilash uchun kerak.
|
Fikr-mulohazalarni faolsizlantirishingiz mumkin:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Interfeys** bandini bosing.
1. **Aqlli satr** menyusida **Internet-do‘konlar reytingini ko‘rsatish** opsiyasini faolsizlantiring.
||

||
Veb-sayt haqida fikr-mulohaza yuborish:

- foydalanuvchining logini;

- [foydalanuvchining unikal identifikatori](*uid);

- sayt manzili;

- Qurilmaning IP manzili;

- [User-Agent qatori](*user-agent);

- veb-saytning baholanishi (reytingi);

- bahoga sharh.
|
Maʼlumotlar fikr-mulohaza yuborilganda ulashiladi. Ular sayt haqidagi baho va izohni saqlash uchun kerak.
|
Fikr-mulohazangizni oʻchirishingiz mumkin:

1. [Ma’lumotlarni boshqarish](https://passport.yandex.uz/profile/data) sahifasini oching va kerakli Yandex ID bilan kirganingizni tekshiring.
1. **Xizmatlar** boʻlimida **Brauzer** tugmasini bosing. Yandex bu xizmat uchun saqlaydigan ma’lumotlar bor ro‘yxat ochiladi.
1. **Fikr-mulohazalarni** tanlang va **Tanlanganlarni oʻchirish** tugmasini bosing.
1. Ochilgan oynada **O‘chirib tashlash** tugmasini bosing.
||
|#

</div>

## Statistika maʼlumotlari {#statistics}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||

||
Statistik ma’lumotlar:

- Navigatsiya statistikasi.
- Foydalanuvchining sahifalarga kirishi.
- Foydalanuvchi so‘rovlari.
- Qurilmaning texnik xususiyatlari (model, platforma, operatsion tizim versiyasi, Brauzer versiyasi).
- Qurilma hududi va tili.
- Ochilgan video va audio fayllar.
- Brauzer sozlamalaridagi oʻzgarishlar.
- Brauzerning ishga tushirilgan [jarayonlari](https://ru.wikipedia.org/wiki/Процесс_(информатика)).
- [Cookie-fayllar](https://yandex.com/support/browser/uz/personal-data-protection/cookies.md) (masalan, joylashuvni aniqlash cookie-fayli).
- Boshqa statistik maʼlumotlar (foydalanuvchining xatti-harakatlari, [HTTP-referer](https://ru.wikipedia.org/wiki/HTTP_referer) va hokazo).
|
**Yandexga foydalanish statistikasini yuborish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular Brauzerdan foydalanish statistikasini toʻplash uchun kerak.
|
{% note alert %}

Brauzer jamoasi ushbu maʼlumotlar boʻyicha jamlangan statistikani oʻrganadi. Bu shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligiga tahdid solmaydi.

{% endnote %}

Statistik ma’lumotlarni yuborishni faolsizlantirish uchun:

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Tizim** tugmasini bosing.
1. Sahifaning pastidagi **Shaxsiy ma’lumotlar sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Foydalanish statistikalarini Yandex'ga yuborish** opsiyasini faolsizlantiring.
||
|#

</div>

## Foydalanuvchi muammolarini hal qilish uchun maʼlumotlar {#problem-solving}

<div class="striped-none">

#|
||
**Ma’lumot turlari**
|
**Nima uchun va qachon yigʻiladi**
|
**Maʼlumotlarni toʻplashdan qanday voz kechish mumkin**
||

||
Brauzer yordam xizmatiga [murojaat](https://yandex.com/support/browser/uz/support/support.md) bilan birgalikda quyidagilar yuboriladi:

- Kompyuterning texnik xususiyatlari (model, IP-manzil, protsessor, xotira hajmi, operatsion tizim versiyasi, qattiq diskdagi mavjud xotira hajmi).
- Brauzer versiyasi.
- Brauzer tili.
- Muammo yuzaga kelgan sahifaning Brauzerda ochilgan manzili va skrinshoti.
- [Foydalanuvchining unikal identifikatori](*uid).
- Kompyuterning joylashuvi.
- Foydalanuvchining Yandex hisobi nomi.
- Brauzerdagi yoqilgan plaginlar va kengaytmalar.
|
Muammoni aniqlash va hal qilish uchun yordam xizmatiga murojaat qilganingizda maʼlumotlar ulashiladi.
|
Murojaatingizni yuborish va qayta ishlash uchun koʻrsatilgan maʼlumotlar zarur. Bu maʼlumotlarning yoʻqligi murojaatni qayta ishlashni imkonsiz qiladi.
||

||
Agar Brauzer yoki uning tarkibiy qismlari kutilmaganda ishini to‘xtatsa, serverga nosozlik haqida hisobot yuboriladi. Hisobotlar quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
- Kompyuterning texnik xususiyatlari (model, protsessor, xotira hajmi, operatsion tizim versiyasi).
- Brauzer versiyasi.
- Muammo yuzaga kelgan sahifaning manzili.
- [Foydalanuvchining unikal identifikatori](*uid).
- Xatolik kodi.
- Ishdan chiqish sanasi va vaqti.
|
**Yandexga nosozliklar haqidagi hisobotlarni yuborish** parametri yoqilganda maʼlumotlar ulashiladi. Ular xatolarni aniqlash va Brauzerni sozlash uchun kerak.
|
1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Tizim** tugmasini bosing.
1. **Shaxsiy ma’lumotlar sozlamalari** tugmasini bosing.
1. **Yandex serveriga xatoliklar haqidagi hisobotlarni yuborish** parametrini faolsizlantiring.
||

||
O‘rnatish va yangilashda:
- Nashr identifikatori (nashr raqami va xizmatga doir axborot).
- Hodisa identifikatori (oʻrnatish, yangilash, eski brauzer ustidan yangisini oʻrnatish).
- Oʻrnatilgan Brauzer versiyasi.
- Oʻrnatiladigan Brauzer versiyasi.
- Operatsion tizim versiyasi
- Oʻrnatish yoki yangilash jarayoni haqidagi axborot (faylni yuklab olish vaqti, yangilashning bajarilgani yoki bajarilmagani va hokazo).
|
Brauzerni oʻrnatish va yangilash muammolarini hal qilish uchun maʼlumotlar standart tarzda ulashiladi.
|
Bu ma’lumotlarsiz Brauzerning ishlashi imkonsiz.
||
|#

</div>

## Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish {#data}

Yandex xizmatlaridan foydalanganingizda, ularda qidiruv so‘rovlari tarixi yoki Pochtadagi yozishmalar kabi ma’lumotlaringizni qoldirasiz. Biz ma’lumotlarni yaxshi himoya qilamiz: barcha xotiralarimiz eng ishonchli xalqaro xavfsizlik standartlaridan biri bo‘lgan [SOC 2](https://yandex.uz/support/id/uz/security/standard.html) talablariga javob beradi.

<!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/p--page-personal-data.md -->
Shaxsiy ma’lumotlaringizni yuklab olish yoki oʻchirib tashlashingiz mumkin.
<!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/p--page-personal-data.md -->

{% list tabs %}

- Yuklab olish

  1. [Yandexdagi ma’lumotlaringiz sahifasini](https://passport.yandex.uz/profile/data) oching va kerakli Yandex ID yordamida kirganingizga ishonch hosil qiling.
  1. **Ma’lumotlarni yuklab olish** tugmasini bosing.
  1. **Arxivni hozirlash** tugmasini bosing.

  Arxiv ochilganidan keyin Yandex sizga arxivni yuklab olish mumkin ekani haqida xabar yuboradi. Agar sizning Yandexda pochtangiz bo‘lmasa, yuklash holati haqidagi ma’lumotni faqat sahifadagi ma’lumot orqali bilishingiz mumkin.

  {% note info %}

  Arxiv parol bilan himoya qilinadi. Qanday qilib parol olish va arxiv ochish haqida Yandex ID [Ma’lumotnoma](https://yandex.uz/support/id/uz/data.html) bo‘limida o‘qing.

  {% endnote %}

- Olib tashlash

  1. [Yandexdagi ma’lumotlaringiz sahifasini](https://passport.yandex.uz/profile/data) oching va kerakli Yandex ID yordamida kirganingizga ishonch hosil qiling.
  1. **Maʼlumotlarni o’chirish** bo’limida xizmat nomi mavjud tugmani bosing. Yandex bu xizmat uchun saqlaydigan ma’lumotlar bor ro‘yxat ochiladi.

      {% note info %}

      Agar xizmat ro‘yxatda bo‘lmasa, ro‘yxatning pastki qismida **Boshqalarni ko‘rsatish** tugmasini bosing.

      {% endnote %}

  1. Ma’lumotlar turi bor satrni tanlang.
  1. Ochilgan oynada **O‘chirib tashlash** tugmasini bosing.

  O’chirilgandan keyin barcha maʼlumotlaringizdan foydalanish imkoniyatini yo’qotasiz. Ayrim ma’lumotlarni Yandex hali bir muddat saqlab turadi, chunki bu [qonun talabidir](https://yandex.uz/support/id/uz/deleting-data.html).

{% endlist %}

#### Batafsil ma’lumot oling

[Maʼlumotlarni boshqarish](https://yandex.uz/support/id/uz/data.html)

<a href="../support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>

<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->

<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.

[*uid]: Foydalanuvchini qatʼiy aniqlash mumkin boʻlgan unikal son

[*user-agent]: Brauzer har bir soʻrov bilan birga serverga yuboradigan Brauzer, tizim va qurilma haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan matn qatori

[*hash]: Kiritilgan maʼlumotlarni bit qatoriga aylantiruvchi funksiya