---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.66.1
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser/en/personalization/ntp.md
  - https://yandex.com/support/browser/kk/personalization/ntp.md
  - https://yandex.com/support/browser/ru/personalization/ntp.md
  - https://yandex.com/support/browser/tr/personalization/ntp.md
  - https://yandex.com/support/browser/uz/personalization/ntp.md
  - href: https://yandex.com/support/browser/uz/personalization/ntp.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.com/support/browser/uz/llms.txt?revision=r22030222
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser/uz/llms.txt?revision=r22030222



# Yangi varaq

Yuqori paneldagi ![](../_image/add-icon.svg) belgisini bosganingizda, [Yandex Brauzer](https://browser.yandex.uz/) yangi sahifa ekrani ochiladi. Bu yerda barcha tegishli maʼlumotlar jamlangan. Yangi varaqning tashqi shakli va mundarijasini sozlash mumkin.

![](../_image/new-tableau.png)


![](../_image/1-icon.svg) — [Aqlli satr](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/smart-string.md): soʻrov, manzil yoki rasm asosida qidirish.


![](../_image/2-icon.svg) — [Rasm](https://yandex.com/support/browser/uz/search-and-browse/search-image.md) asosida qidirish.

![](../_image/3-icon.svg) — [Tablo](https://yandex.com/support/browser/uz/personalization/tableau.md): siz eng koʻp tashrif buyuradigan saytlar vidjetlari paneli. Tabloning kengligi va videjetlar oʻlchamini [sozlash](#tableau-show) mumkin.

![](../_image/4-icon.svg) — Brauzer boʻyicha tavsiyalar — Brauzer bilan ishlashga oid oʻrgatuvchi tavsiyalar.

![](../_image/5-icon.svg) — Yangi varaq koʻrinishini [sozlash](#types-of-tableau).

<!--Уведомления — оповещения МЧС, сведения о погоде, чрезвычайных ситуациях и других событиях. Можно отключить.-->
<!--Рекламный баннер — показ рекламы, которая может быть вам интересна. Можно отключить.-->
<!--Фон Браузера — фотография из Галереи фонов или с компьютера. В Галерее также доступны видео и динамические подборки фотографий.-->

## Yangi varaq turini sozlash {#types-of-tableau}

Birlamchi holatda yangi varaqning barcha elementlari yoqilgan. Ammo yangi sahifada qanday elementlarni qoldirishni oʻzingiz tanlashingiz va uning dizaynini sozlashingiz mumkin. 

1. Ekranning pastki oʻng burchagida ![](../_image/ntp-settings.svg) tugmasini bosing va yangi varaqda chiqadigan elementlarni tanlang:
   - **Soat va sana**
   - **Qidiruv satri**
   - **Brauzer boʻyicha tavsiyalar**
   - **Tablo**

1. Brauzer [fonini oʻzgartiring](https://yandex.com/support/browser/uz/personalization/change-background.md), Tablo ostida [reklamalarni yoqing](https://yandex.com/support/browser/uz/security/ad-view-settings.md#ntp-ad).

1. Tablo koʻrinishini oʻzgartiring:

      1. Yuqori oʻng burchakda **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** tugmasini bosing.


      1. **Interfeys** → **Yangi varaq ekrani koʻrinishi** sahifasini oching.

      1. **Tablo** boʻlimida kerakli parametrni sozlang:

         <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/tableau-2-types.md -->
         - **Katakchalar oʻlchami**&nbsp;— Tablo katakchalarining oʻlchamini tanlang.

         - **Tablo kengligi**&nbsp;— Tabloning kengligini tanlang.
         <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/tableau-2-types.md -->

## Bildirishnomalar {#notifications}

Yandex sizni voqealardan xabardor qilishga harakat qiladi — yangi varaqda tirbandliklar, hodisalar, mintaqangizdagi muhim tadbirlar haqida bildirishnomalar keladi.

Yangi varaqda koʻrishni xohlagan ma’lumotlaringizni sozlashingiz mumkin:

1. Yuqori oʻng burchakda **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** tugmasini bosing.


1. **Interfeys** rukniga kiring.

1. **Yangi varaq ekrani ko‘rinishi** bo‘limida **Bildirishnoma sozlamalari** tugmasini bosing.

1. Kerakli bildirishnomalarni belgilang.



<a href="../support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->


