---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/en/navigation/reader.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/kk/navigation/reader.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/ru/navigation/reader.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/tr/navigation/reader.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/uz/navigation/reader.md
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/uz/navigation/reader.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/uz/llms.txt?revision=r21903146
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/uz/llms.txt?revision=r21903146

# Kitob o’qish

Brauzerda kitob o’qish mumkin. Yuklab oling, qulay rejimni sozlang va o’qing.

{% note info %}

`epub`, `fb2`, `mobi` formatidagi kitoblar dastaklanadi.

{% endnote %}

## Barcha kitoblarni koʻrish {#open-library}

{% note info %}

Funksiya ishlashi uchun Brauzerni oxirgi versiyasigacha [yangilang](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/uz/install/install.md).

{% endnote %}

Barcha kitoblarni koʻrish uchun ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Yuklamalar** → **Kitoblar** bandlarini bosing.

## Kutubxonani to’ldirish {#download-book}

Kitobni kiriting:

{% list tabs %}

- Yandexda yangisini topish
  
  Kitobni topish uchun [Aqlli qatordan](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-android-phone/uz/navigation/search.md#smartbox) foydalaning.
  
  Faylni yuklab oling va u avtomatik tarzda **Kitoblar** boʻlimiga qoʻshiladi.
  
  Siz kitobni yuklab olgandan keyin darhol ochishingiz mumkin. Buning uchun ekran pastida **O’qishni** bosing. Kitob Brauzerning yangi ichki oynasida ochiladi.
  
  
  {% cut "**Yuklab olingan kitobni bildirishnomalar paneli orqali ochish**" %}
  
  1. Smartfon ekranining yuqori chetini pastga suring. Bildirishnomalar paneli ochiladi.
  1. Panelda fayl nomini bosing. 
  1. Roʻyxatdan **Kitob oʻqigich** bandini tanlang. Kitob Brauzerning yangi ichki oynasida ochiladi. Kitob ochilgandan soʻng fayl haqidagi bildirishnoma panelda koʻrinmaydi.
  
  {% endcut %}
  
- Qurilmadan yuklash

  1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
     ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Yuklamalar** → **Kitoblarga** oʻting.
     <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
  1. Pastki o’ng burchakda ![](../_assets/reader-add.svg) ustiga bosing.
  1. Qurilmada faylni tanlang.
  
  Kitob **Kitoblar** boʻlimiga qoʻshiladi.

{% endlist %}


## Ochish {#open-book}

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Yuklamalar** → **Kitoblarga** oʻting.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
1. Kerakli kitob ustiga bosing.
  
Agar siz kitobni avvalroq oʻqigan boʻlsangiz, toʻxtagan joyingizdan ochiladi.
  
Har bir kitob nomi ostida **45% oʻqildi** (agar 45% oʻqilgan boʻlsa) yozuvi bor — uning yordamida oʻqish jarayonini kuzatib borishingiz mumkin.


{% cut "**Kitobni o’qish uchun boshqa ilovada ochish**" %}

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Yuklamalar** → **Kitoblarga** oʻting.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
1. Roʻyxatdan kerakli kitobni toping.
1. Kitob nomining oʻng tomonidagi ![](../_assets/menu-tibar.svg)ni bosing.
1. Ochilgan menyuda **…ʼda ochish** bandini bosing.
1. Ro’yxatdan o’qish uchun ilovani tanlang.

{% endcut %}


## O’qish {#read-book}

Bir bet oldinga o’tish uchun ekranning o’ng chetiga bosing, bir bet orqaga qaytish uchun chap chetiga bosing.

Sozlamalarni ochish uchun ekran markaziga bosing. Sozlamalar rejimida quyidagilarni bajara olasiz:

- **Yuklamalar** — kutubxonani ochish.

- ![](../_assets/reader-content-icon.svg) — kitobni ochish. Kerakli bobni oʻqishga oʻtish uchun uning nomini bosing.

- ![](../_assets/reader-font-icon.svg) — shrift va hoshiyalar o’lchamini o’zgartirish. Shrift o’lchamini o’zgartirish uchun ![](../_assets/reader-plus-icon.svg) belgisi yoki ![](../_assets/reader-minus-icon.svg) ga bosing. Ekrandagi matn kengligini va belgilari yordamida sozlang ![](../_assets/reader-spare-icon.svg).

- ![](../_assets/read-aloud-on.svg) — kitobni [tinglash](#read-aloud).

- ![](../_assets/reader-night-icon.svg) — tungi mavzuga almashtirish. Och rangli temaga oʻtish uchun ![](../_assets/reader-light-icon.svg) belgisini bosing.

- Navigatsiya slayderi — kerakli sahifaga tez o’tish. Ekran pastidagi slayderni chapga yoki o’ngga suring.

Kitobni yopish uchun:

1. Ekran markaziga bosing.
1. Quyi panelda ichki oynalar soni koʻrsatilgan belgini bosing (agar yettita ichki oyna ochilgan boʻlsa, ![](../_assets/tabs-number.svg)).
1. Sahifani chapga yoki oʻngga suring yoki ichki oynaning yuqori oʻng burchagidagi ![](../_assets/close-icon.svg) belgisini bosing.


## Tinglash {#read-aloud}

Brauzerdagi kitoblarni nafaqat o’qish, balki tinglash ham mumkin. Ular ayol yoki erkak ovozi bilan o’qib beriladi. Kitobni tinglash uchun:

1. Kitobni [oching](#open-book).
1. Ekran markazini → ![](../_assets/read-aloud-on.svg) belgisini bosing.

Kitobni tinglash vaqtida siz quyi panelda ovozlashtirishni boshqarishingiz mumkin:

- ![](../_assets/read-aloud-pause.svg) — pauzaga qoʻyish.

- ![](../_assets/read-aloud-play.svg) — oʻqishni davom ettirish.

- ![](../_assets/read-aloud-back.svg) — 10 soniya orqaga oʻtkazish.

- ![](../_assets/read-aloud-forward.svg) — 10 soniya oldinga oʻtkazish.

- ![](../_assets/read-aloud-menu.svg) — o’qish tezligi va ovozni tanlash. Agar sizga kitobni odatdagi tezlikda tinglash noqulay bo’lsa, unda tezroq yoki sekinroq o’qishni tanlang. Shu yerning o’zida ayol yoki erkak ovozi bilan o’qishni tanlash mumkin.

- ![](../_assets/read-aloud-close.svg) — o’qishni o’chirish. Belgi paydo bo’lishi uchun oldin ![](../_assets/read-aloud-pause.svg) bosing.


## Olib tashlash {#delete-book}

{% note info %}

Kutubxonadan o’chirilgan kitob qurilma xotirasida qoladi.

{% endnote %}


1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Yuklamalar** → **Kitoblarga** oʻting.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
1. Kitob nomining oʻng tomonidagi ![](../_assets/menu-tibar.svg)ni bosing.
1. Ochilgan menyuda **O’chirishni** bosing.

## Ulashish {#share-book}

Siz kitobni boshqa ilovalar orqali ulashishingiz mumkin:

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Yuklamalar** → **Kitoblarga** oʻting.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
1. Kitob nomining oʻng tomonidagi ![](../_assets/menu-tibar.svg)ni bosing.
1. Ochilgan menyuda **Ulashish** bandini bosing.
1. Roʻyxatdan kitobni yubormoqchi boʻlgan ilovani tanlang.

## Sozlamalar {#settings}

### Kitoblarni saralash

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Yuklamalar** → **Kitoblarga** oʻting.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
1. Yuqori o‘ng burchakdagi ![](../_assets/menu-tibar.svg) ustiga bosing.
1. **Saralash** boʻlimida kerakli variantni tanlang:
   - **Soʻnggilari boʻyicha** — kitoblar oxirgi ochilgan sanasi boʻyicha saralanadi.
   - **Yuklab olingan sanasi boʻyicha** — kitoblar kutubxonaga qoʻshilgan sanasi boʻyicha saralanadi.
   - **Nomi boʻyicha** — kitoblar alifbo tartibida saralanadi.

### Yuklab olish sozlamalari

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Yuklamalar** → **Kitoblarga** oʻting.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
1. Ekraning yuqori oʻng burchagida ![](../_assets/menu-tibar.svg) → **Sozlamalar** bandlarini bosing.
1. Yuklab olish parametrlarini sozlang:
   - **Fayllarni saqlash joyi** — kitoblarni saqlash uchun papkani tanlang.
   - **Fayllarni soʻramasdan yuklab olish** — avtomatik yuklab olish uchun yoqing.

## Yuklangan kitoblar ichidan qidirish {#search-books}

1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Yuklamalar** → **Kitoblarga** oʻting.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/reader.md -->
1. ![](../_assets/chat-search-icon.svg) tugmasini bosing.
1. Qidiruv satriga kitob nomini kiriting.


<!-- {% include [form](../_includes/reusables/forms-and-buttons/id-form/form.md) %} -->

<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
