---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/en/security/callerid.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/kk/security/callerid.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/ru/security/callerid.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/tr/security/callerid.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/uz/security/callerid.md
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/uz/security/callerid.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/uz/llms.txt?revision=r21903146
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/uz/llms.txt?revision=r21903146


# Raqamni aniqlash


Raqam telefoningiz kontaktlari ro‘yxatida bo‘lmasa, aniqlash vositasi sizga kim telefon qilayotganini bildiradi. U ham uyali aloqa, ham messenjerlar orqali kelayotgan qo‘ng‘iroqlar haqida xabar berib turadi.

Raqam aniqlagich — bepul.

U chaqiruvlar va xabarlar kontentiga kirish huquqiga ega emas.


## Bu qanday ishlaydi {#how-it-works}

Noma’lum raqamlar [foydalanuvchilar sharhlari](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/uz/security/callerid.md#review) yordamida ham muntazam yangilanib boriladigan baza bilan solishtiriladi. Baza aniqlash vositasi birinchi bor yoqilganda qurilmaga yuklanadi.


{% note info %}

iOS 18.0 va undan yuqori versiyali qurilmalar uchun raqamlarni aniqlash funksiyasini real vaqt rejimida yoqish mumkin, bu esa chaqiruv paytida raqamni darhol aniqlash (hatto qurilmada yuklab olingan baza bo‘lmasa ham) imkonini beradi.

{% endnote %}


Mobil trafigingiz sarflanmasligi uchun baza faqat Wi-Fi orqali yuklab olinadi. Ammo raqam aniqlagichining yanada aniqroq ishlashi uchun ma’lumotlar bazasini mobil tarmoq orqali yangilashga ruxsat berishingiz mumkin.



{% cut "**Ma’lumotlar bazasining mobil tarmoq orqali yangilanishiga qanday ruxsat berish mumkin**" %}


1. ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Raqam aniqlagich** ustiga bosing.
1. Yuqori o‘ng burchakdagi ![](../_assets/promo-settings-icon.svg) tugmasini bosing.
1. **Mobil tarmoq orqali yuklab olish** funksiyasini yoqing va **Saqlash** ustiga bosing.


{% endcut %}


 Agar tashkilot noma’lum bo‘lsa, mobil Yandex Brauzer chaqiruvning taxminiy toifasini bildiradi. Masalan, «Bu reklama bo‘lishi mumkin».


## Yoqish va o‘chirish {#turnon-turnoff}


1. Qurilma sozlamalarini oching.
2. **Telefon** → **Chaqiruvni bloklash va identifikatsiya qilish** (iOS 18.0 va undan yuqori versiyali qurilmalarda **Ilovalar** → **Telefon** → **Chaqiruvni bloklash va identifikatsiya qilish**) bandini tanlang. 
3. **Yandex** satrida aniqlash vositasini yoqing yoki o‘chiring.
4. iOS 18.0 va undan yuqori versiyali qurilmalarda **Raqamni real vaqt rejimida aniqlagich** (ekranning eng pastki qismida) bo‘limiga o‘ting va **Yandex** funksiyasini yoqing.



{% note info %}

Raqamni aniqlagichni sozlash ham mobil, ham messenjer orqali chaqiruvlar haqida xabar berishni yoqadi yoki o‘chiradi.

{% endnote %}




## Raqam haqida sharh qoldirish {#review}

Agar raqam ustidan shikoyat qilmoqchi bo‘lsangiz yoki Brauzer raqam toifasini noto‘g‘ri aniqlagan bo‘lsa, bizga izoh qoldiring. Buni istalgan vaqtda qilish mumkin.



{% list tabs %}

- Qurilmada

  
  
  {% cut "**Sizga chaqiruv bo‘lgan raqam bo‘yicha izoh**" %}
  
  
  1. **Telefon** ilovasini oching.
  1. Chaqiruv menyusining o‘ng tomonidagi ![](../_assets/info-icon-iphone.png =22x) belgini bosing.
  1. **Kontaktni ulashish** → **Yandexda tekshirish** (yoki **Kontaktni ulashish** → **Yana** → **Yandexda tekshirish** → **Tayyor**) bandini tanlang.
  1. So‘ralgan savollarga javob bering.
  
  
  {% endcut %}
  
  {% cut "**Sizga SMS yuborilgan raqam bo‘yicha izoh**" %}
  
  
  1. Xabarni oching.
  1. Abonent ismi yoki raqamidan o‘ng tomonda ![](../_assets/info-icon-iphone.png =22x) belgisiga bosing.
  1. Kontakt nomi yoki raqamiga yana bir marta bosing va **Kontaktni ulashish** → **Yandexda tekshirish** (yoki **Kontaktni ulashish** → **Yana** → **Yandexda tekshirish** → **Tayyor**) bandini tanlang.
  1. So‘ralgan savollarga javob bering.
  
  
  {% endcut %}
  
  

- Brauzerda

  
  1. ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Sozlamalar** → **Raqam aniqlagich** → **Raqam ustidan shikoyat qilish** tugmasini bosing.
  1. Raqamni kiriting va **Tayyor** ustiga bosing.
  1. So‘ralgan savollarga javob bering.

{% endlist %}


## Chaqiruvlarni bloklash {#block}


{% note info %}

Messenjerlardan chaqiruvlarni bloklab bo‘lmaydi.

{% endnote %}


Quyidagilarni bajara olasiz:


{% cut "**Raqamlar toifasini bloklash**" %}






1. ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Raqam aniqlagich** ustiga bosing.
1. **Chaqiruvlarni bloklash** ustiga bosing.
1. Bloklashni xohlagan chaqiruvlaringiz toifasini tanlang:
    
    - **Nomaqbul** — firibgarlar, kollektorlar, ovozsiz qo‘ng‘iroqlar va hokazo.
    - **Moliyaviy xizmatlar reklamasi** — banklar, mikromoliya tashkilotlari va boshqalardan reklama qo‘ng‘iroqlari.
    - **Boshqa reklama** — qolgan reklama qo‘ng‘iroqlari.
    
    Bloklash shartlariga mos tushgan chaqiruvlar avtomatik tarzda bloklanadi. Siz uchun bu xuddi qo‘ng‘iroq umuman bo‘lmagandek ko‘rinadi.
1. **Saqlash** ustiga bosing.
    


Bloklangan chaqiruvlar o‘tkazib yuborilgan chaqiruvlar ro‘yxatida (iOS 18.0 versiyasi o‘rnatilgan qurilmalarda – chaqiruvlar jurnalida) ko‘rsatilmaydi.


{% endcut %}

{% cut "**Muayyan raqamni bloklash**" %}





{% cut "**Sizga chaqiruv bo‘lgan raqamni bloklash**" %}


1. **Telefon** ilovasini oching.
1. **Yaqinda** sahifasiga kiring.
1. Chaqiruv menyusining o‘ng tomonidagi ![](../_assets/info-icon-iphone.png =22x) belgini bosing.
1. **Abonentni bloklash** bandini tanlang.
    
    {% note info %}
    
    Qurilmaga qarab buning tartibi farqlanishi mumkin. Bu tartib 12.0 va undan keyin iOS versiyalarida ishlaydi.
    
    {% endnote %}
    
{% endcut %}

{% cut "**Sizga matn yuborilgan raqamni bloklash**" %}

1. Xabarni oching.
1. Abonent ismi yoki raqamidan o‘ng tomonda ![](../_assets/info-icon-iphone.png =22x) belgisiga bosing.
1. Yana bir bor kontakt ismi yoki raqamiga bosing va **Abonentni bloklash** bandini tanlang.

{% endcut %}


{% endcut %}


iOS 18.0 va undan yuqori versiyali qurilmalarda chaqiruvlarni real vaqt rejimida aniqlash funksiyasi yoqilganda, firibgarlardan kelgan chaqiruvlar standart bo‘yicha avtomatik tarzda bloklanadi. Raqam aniqlagichning real vaqt rejimida to‘g‘ri ishlashi uchun barqaror internet aloqasi zarur bo‘lgani sababli, ayrim (Raqam aniqlagich mavjudligini bilgan) raqamlar chaqiruv qilishi va imzoga ega bo‘lishi mumkin.



## Chaqiruvlarni blokdan chiqarish {#unlock}

{% cut "**Muayyan raqamni blokdan chiqarish**" %}


1. Telefon sozlamalarini oching.
1. **Telefon** → **Bloklangan kontaktlar** bo‘limini tanlang.
1. Raqamni o‘ngdan chapga suring va **Blokdan chiqarish** tugmasini bosing.

{% endcut %}

{% cut "**Raqamlar toifasini blokdan chiqarish**" %}

1. ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Raqam aniqlagich** ustiga bosing.
1. **Chaqiruvlarni bloklash** ustiga bosing.
1. Blokdan chiqarishni xohlagan raqamlar toifasini o‘chiring.
1. **Saqlash** ustiga bosing.

{% endcut %}




## Raqam toifasini o‘zgartirish {#change-category}

Agar raqam toifasi xato aniqlanayotgan bo‘lsa, [izoh qoldiring](https://yandex.com.tr/support/browser-mobile-iphone/uz/security/callerid.md#review). Biz yetarlicha ma’lumot to‘plaganimizda u o‘zgaradi.

Agar telefon raqami sizning tashkilotingizga tegishli bo‘lsa [uning manzilini](https://yandex.ru/support/business-priority/add-company/add-org.html) Yandex Biznesga kiriting.

Raqam haqidagi ma’lumotni bazamizdan o‘chirish uchun yordam xizmatiga yozing.

## SMSni filtrlash {#sms-filter}

Agar nomaqbul reklamali SMSlarni filtrlashni yoqsangiz, ular ovozsiz, tebranishsiz va smartfon ekranida bildirishnoma ko‘rsatilmasdan, darhol **Spam** jildiga yuboriladi.


{% cut "**Spamni filtrlashni yoqish**" %}


1. Telefon sozlamalarini oching.
1. **Xabarlar** → **Noma’lumlar va spam** ustiga bosing.
1. **Yuboruvchilarga qarab filtrlash** variantini yoqing.
1. **Yandex** variantini tanlang.


{% endcut %}

{% cut "**Filtrlangan SMSlarni ko‘rish**" %}


1. Xabarlar ro‘yxatini oching.
1. **Filtrlar** → **Spam** ustiga bosing.


{% endcut %}




## Raqamni aniqlash vositasiga oid muammolar {#problems}


{% cut "**Raqamlar bazasini yuklash imkonsiz**" %}


Oflayn bazalarni yuklab olish uchun:

- akkumulyator quvvati 21 % va undan yuqori bo‘lishi;
- faol Wi-Fi ulanishi bo‘lishi;
- 50 MB boʻsh xotira boʻlishi lozim.


{% endcut %}

{% cut "**Aniqlash vositasi ishlamayapti**" %}

Siz aniqlash vositasiga [barcha ruxsatlarni](#requirement) berganingizni, shuningdek, batareya sozlamalarida ilovaga fon rejimida ishlashga ruxsat berganingizni tekshiring. Agar muammo hal etilmasa, yordam xizmatiga yozing.

{% endcut %}

{% cut "**Aniqlash vositasi raqamni aniqlamayapti**" %}

Raqamni aniqlash vositasi yashirin raqamlarni aniqlay olmaydi. Bunday imkoniyat faqat uyali aloqa operatorida bo‘ladi.

{% endcut %}

{% cut "**Aniqlash vositasi raqamni bloklamayapti**" %}

Raqamlar toifasi uchun [bloklash](#block) yoqilganini tekshirib ko‘ring.

{% endcut %}

{% cut "**Aniqlagich oynasi kerakli ma’lumotni yopib qo‘ygan**" %}

Aniqlagich oynasi Telefon ilovasi ekranidagi ma’lumotni yopib qo‘yishi mumkin. Aniqlagich oynasi ustiga bosib, qulay joyga suring. Yangi holat bo‘lajak qo‘ng‘iroqlar uchun belgilanadi.

{% endcut %}

{% cut "**Nega chaqiruvlarni bloklash standart holatda yoqilmagan?**" %}

Biz foydalanuvchilarga **Raqam aniqlagichga** ishonish va muayyan toifadagi qo‘ng‘iroqlarni avtomatik bloklashni yoqish yoki aniqlangan raqamlardan qo‘ng‘iroqlarni mustaqil rad etish yoki qabul qilish tanlovini beramiz.

{% endcut %}

{% cut "**Bloklashni yoqdim, lekin hali ham reklama chaqiruvlari kelyapti. Nega?**" %}

Ayrim toifadagi tashkilotlar (masalan, banklar) ko‘pincha bir xil raqamlardan ham reklama qo‘ng‘iroqlari, ham mijozlariga muhim xabarlarni yetkazishda foydalanadi. Bunday holatlarda biz chaqiruv reklama bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni ko‘rsatishimiz mumkin, lekin ushbu kompaniyadan chaqiruv kutayotgan mijozlarga zarar yetkazmaslik uchun uni bloklamaymiz.

{% endcut %}


{% cut "**Raqamni real vaqt rejimida aniqlagichni yoqdim, lekin bir necha kun chaqiruvlar bo‘lmagandan keyin u ishlamay qoldi**" %}

Foydalanuvchining maxfiyligini himoyalash maqsadida Raqamni real vaqt rejimida aniqlagich vaqti-vaqti bilan shifrlash kalitlarini yangilab turadi. Bu sizga chaqiruv bo‘lganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Ammo sizga bir kecha-kunduzdan ortiq vaqt mobaynida chaqiruv bo‘lmagan taqdirda shifrlash kalitlari avtomatik tarzda yangilanmaydi. 

Kalitlarni yangilash uchun Yandex Brauzerda Raqam aniqlagichni oching: Yandex Brauzer → ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → **Raqam aniqlagich**.

{% endcut %}



<!-- {% include [form](../_includes/reusables/forms-and-buttons/id-form/form.md) %} -->

<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->

