---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.64.0
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser/en/personalization/web-app.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/kk/personalization/web-app.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/ru/personalization/web-app.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/tr/personalization/web-app.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/uz/personalization/web-app.md
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser/uz/personalization/web-app.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser/uz/llms.txt?revision=e5a4b2f7af57caa03edc4e62a2da53f1d03634af
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser/uz/llms.txt?revision=e5a4b2f7af57caa03edc4e62a2da53f1d03634af




# Brauzerdagi veb-ilovalar

Saralangan xizmatlardan veb-ilovalar sifatida foydalanish, bir bosishda ochish va alohida oynada ishlash, kerakli varaqni qidirishga vaqt ketkazmaslik uchun ularni [yon panelga](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/personalization/sidebar.md) kiriting. Masalan, koʻplab varaqlarda tashkil topgan [Yandex Brauzerning](https://browser.yandex.uz/) asosiy oynasini ochmasdan, [Yandex Pochtadagi](https://yandex.uz/support/yandex-360/customers/mail/uz/) xatlarni tekshirish yoki [Telemost](https://yandex.uz/support/yandex-360/customers/telemost/web/uz/) orqali uchrashuv tashkil qilish mumkin.

Ommabop messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn oʻyinlar uchun veb-ilovalar ham koʻzda tutilgan.

Veb-ilovalar sifatida [Progressive Web Application](https://ru.wikipedia.org/wiki/Прогрессивное_веб-приложение) texnologiyasini ishlatadigan saytlar va Yandex oʻz kuchi bilan qoʻlllab-quvvatlaydigan ayrim ommabop resurslarni kiritish mumkin.


{% note info %}

Barcha saytlar ham veb-ilovalarga moslashtirilgan emas, lekin katalog muntazam ravishda yangilanib bormoqda. Agar siz saytni qoʻsha olmasangiz, [bizga shakl orqali yozing](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/support/support.md#report-problem).

{% endnote %}


## O‘rnatish {#app-to-sidebar}


{% list tabs %}

- Sozlangan katalogdan


  1. Yon panelda ![](../_image/app-menu.svg) tugmasini bosing.
  1. **Muloqot**, **Xizmatlar**, **Ko‘ngilochar**, **Xaridlar** yoki **Yandeks 360** boʻlimida kerakli ilovani sichqonchaning oʻng tugmasi bilan bosing.
  1. **Ilovasini oʻrnatish** bandini tanlang.


- Oddiy usulda


  {% cut "Aqlli satrda" %}


  1. Kerakli saytni oching.

  1. [Aqlli satrda](*smart-link) ![](../_image/menu-tibar-new.svg)&nbsp;→ **Ilova sifatida oʻrnatish** tugmasini bosing.
      
      {% note info %}
      
      Agar saytni ilova sifatida oʻrnatish mumkin boʻlmasa, u holda bu parametr nofaol boʻladi.
      
      {% endnote %}

  1. Qaysi [rejim](#app-windows)da sayt ochishni tanlang:
   
      - alohida oyna;
      - qalqib chiquvchi oyna;
      - biriktirilgan oyna.
  
  1. Ilovani sozlang, buning uchun oynada ![](../_image/settings-icon.svg) tugmasini bosing va kerakli [parametrlarni](#app-menu) (**Ilovani avtomatik ishga tushirish**, **Mobil versiyani ochish**, **Yorliq qoʻshish** va boshqalar) yoqing.


  {% endcut %}

  {% cut "Yon panelda" %}


  1. Yon panelda **![](../_image/app-menu.svg)**&nbsp;→ **Saytni ilova sifatida qoʻshish** tugmasini bosing.

  1. Sayt manzilini kiritishni boshlang va uni ochilgan menyudan tanlang.

  1. **Kiritishni** bosing.



  {% endcut %}

{% endlist %}

Barcha saytlar ham ilovalar shaklida soz ishlamaydi. Bu muammoga duch kelsangiz yoki saytni kirita olmasangiz, [shakl orqali bizga yozing](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/support/support.md#report-problem).


## Ishga tushirish {#quick-access}


{% note info %}

Brauzer ishga tushirilganda avval ochilgan veb-ilovalar varaqlari tiklanishi uchun **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Interfeys**&nbsp;→ **Varaqlar va guruhlar** tugmasini bosing va **Veb-ilovalar oynalarida Varaqlarni tiklash** parametrini yoqing.

{% endnote %}


Veb-ilovani ochishning bir nechta usullari mavjud:


{% cut "Yon panel orqali" %}


- Agar ilova yon panelga qoʻshilgan boʻlsa, paneldagi ilova belgisini bosing.
- Agar hali ilova kiritilmagan boʻlsa, ![](../_image/app-menu.svg) yon paneliga bosing va ilovani tanlang.


{% note info %}

Ilovani yon panelda berkitish uchun **![](../_image/sidebar-menu.svg)**&nbsp;→ **Ilovalar** tugmasini bosing va ilovadan belgini olib tashlang.

{% endnote %}



{% endcut %}

{% cut "Aqlli satr orqali" %}

Saytni oching va Aqlli satrda ![](../_image/menu-tibar-new.svg)&nbsp;→ **Ilovani ochish** tugmasini bosing.

{% note info %}

**Ilovani ochish** parametri faqat saytni yon panelga ilova sifatida [oʻrnatgandan](#app-to-sidebar) soʻng mavjud boʻladi.

{% endnote %}


{% endcut %}

{% cut "Windows vazifalar paneliga qadash" %}


Ilovani ish stolidagi yorliq orqali, «Ishga tushirish» menyusi yoki kompyuterning vazifa paneli orqali ishga tushirish mumkin. Buning uchun:

1. Yon panelda sichqonchaning oʻng tugmasi bilan veb-ilova belgisini bosing.
1. **Windows vazifalar panelida mahkamlash** bandini tanlang.


{% endcut %}

{% cut "Windows bilan birga ishga tushirishga kiritish" %}


Ilova kompyuter yoqilganda har safar ishga tushadi. Buning uchun:

1. Yon panelda sichqonchaning oʻng tugmasi bilan veb-ilova belgisini bosing.

1. **Windows bilan birga ishga tushirish** bandini tanlang.



{% endcut %}



## Veb-ilovalar oynalari {#app-windows}


{% note info %}

Veb-ilovalar oynasida Brauzerning ayrim funksiyalarini ishlatish mumkin. Masalan, unda alohida varaqlardagi havolalarni ochish, [kengaytmalarni](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/personalization/extension.md) ishga tushirish, [mutolaa rejimi](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/search-and-browse/read-mode.md) va boshqa vositalardan foydalanish mumkin.

{% endnote %}


Veb-ilovalar oynasini uchta rejimda ishlatilish mumkin. Rejimni tanlash uchun:

1. Ilovani [ishga tushiring](#quick-access).
1. Ochilgan oynaning yuqori o‘ng burchagida ![](../_image/change-view.svg) tugmasini bosing.
1. Uchta variantdan birini tanlang:

    {% cut "Alohida oyna" %}

    Bu rejimda siz saytni Windows vazifalar paneliga mahkamlashingiz va undan alohida dastur sifatida foydalanishingiz mumkin. Ilova alohida oynada ochiladi. 

    Oynaning oʻlchamini chegaralarni surish orqali oʻzgartirish mumkin. Oynani yana sichqonchaning chap tugmasi bilan ilovalar panelini siqish orqali surish mumkin.

    Oynani yopish uchun yuqori oʻng burchakdagi ![Yopish](../_image/close-icon.svg) tugmasini bosing.

    Bu rejimda Windowsda **Alt**&nbsp;+&nbsp;**Tab** tugmalari yordamida oynalar orasida almashish mumkin.

    ![](../_image/single-window.png){.border-yes}

    {% endcut %}

    {% cut "Qalqib chiquvchi oyna" %}

    Rejim siz ilovadan axborotni tez olishingiz va uni tez yopishingiz kerak boʻlganda qulay boʻladi. Misol uchun, agar onlayn lugʻat bilan ishlayotgan boʻlsangiz.

    Dastur Brauzerning asosiy oynasining ustidagi kichik oynada ochiladi. Bu oynaning oʻlchamlari va joylashuvi oʻzgarmaydi.

    Oynani yopish uchun undan tashqaridagi istalgan joyni sichqonchaninig chap tugmasi bilan bosing.

    Qalqib chiquvchi oynada baʼzan saytning mobil versiyasi bilan ishlash qulayroq. Uni ochish uchun **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Mobil versiya** tugmasini bosing.

    ![](../_image/pop-up-window.png){.border-yes}

    {% endcut %}

    {% cut "Biriktirilgan oyna" %}

    Bu rejimda siz asosiy oyna bilan ishlayotganda yana bitta xizmatni koʻrishingiz mumkin (chatlar, pochta, onlayn translatsiya).

    Brauzer oynasi vertikal ravishda ikki qismga boʻlinadi, ilova kichik qismning chap tomonda ochiladi. Chap tomonning oʻlchamini oshirish uchun chegarani oʻng tomonga siljiting.

    Mahkamlangan oynani yopish uchun yuqori oʻng burchakdagi ![Yopish](../_image/close-icon.svg) yoki yon paneldagi ilova belgisini bosing.

    Biriktirilgan oynada baʼzan saytning mobil versiyasi bilan ishlash qulayroq. Uni ochish uchun **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Mobil versiya** tugmasini bosing.

    ![](../_image/fixed-window.png){.border-yes}

    {% endcut %}



## Veb-ilovalar menyusi {#app-menu}

Menyuni ochish uchun ilova oynasida ![](../_image/settings-icon.svg) tugmasini bosing. Menyuda quyidagi variantlar mavjud:

{% list tabs %}


- Alohida oyna

  - **Mobil versiyasini ochish**&nbsp;—&nbsp;ilovaning mobil versiyasini ochish. Belgilangan yoki ochilgan oynada ayrim saytlar mobil versiyada yaxshiroq aks ettiriladi.

  - **Asosiy sahifaga**&nbsp;—&nbsp;ilovaning asosiy sahifasiga oʻtish. Agar sayt ilovasida **Uyga** tugmasi boʻlmasa foydasi tegishi mumkin.

  - **Brauzerda ochish**&nbsp;—&nbsp;ilova oynasi yopiladi, ilova esa yangi Brauzer varagʻida ochiladi.

  - **Manzilni nusxalash**&nbsp;—&nbsp;ilova saytining ochiq sahifasining manzilini nusxalash.

  - **Ilova haqida**&nbsp;—&nbsp;Ilova haqidagi maʼlumotlar bilan Neyroprotekt panelini oching.

  - **Sozlamalar**, **Tarix** va boshqalar&nbsp;—&nbsp;Brauzer menyusidagi parametrlar. Brauzer sozlamalari bilan veb-ilova oynasidan chiqmasdan ishlash imkonini beradi.
  - **Ilovani oʻchirish**&nbsp;—&nbsp;Brauzerdan ilovani oʻchirish.


- Qalqib chiquvchi oyna

  - **Bosh sahifa**&nbsp;—&nbsp;ilovaning bosh sahifasiga oʻtish. Agar sayt ilovasida **Uyga** tugmasi boʻlmasa foydasi tegishi mumkin.

  - **Manzilni nusxalash**&nbsp;—&nbsp;ilova saytining ochiq sahifasining manzilini nusxalash.

  - **Varaqda ochish**&nbsp;—&nbsp;ilova oynasi yopiladi va ilova yangi Brauzer varag‘ida ochiladi.

  - **Sayt haqida**&nbsp;—&nbsp;Ilovaga oʻrnatilgan sayt haqidagi maʼlumotlar bilan Neyroprotekt panelini ochish.

  - **Mobil versiya**&nbsp;—&nbsp;ilovaning mobil versiyasini ochish. Belgilangan yoki ochilgan oynada ayrim saytlar mobil versiyada yaxshiroq aks ettiriladi.

  - **Ilovani oʻchirish**&nbsp;—&nbsp;ilovani Brauzerdan oʻchirish (opsiya paydo boʻlishi uchun kursorni **▾** belgisi ustiga olib boring).


- Biriktirilgan oyna

  - **Bosh sahifa**&nbsp;—&nbsp;ilovaning bosh sahifasiga oʻtish. Agar sayt ilovasida **Uyga** tugmasi boʻlmasa foydasi tegishi mumkin.

  - **Manzilni nusxalash**&nbsp;—&nbsp;ilova saytining ochiq sahifasining manzilini nusxalash.

  - **Varaqda ochish**&nbsp;—&nbsp;ilova oynasi yopiladi va ilova yangi Brauzer varag‘ida ochiladi.

  - **Sayt haqida**&nbsp;—&nbsp;Ilovaga oʻrnatilgan sayt haqidagi maʼlumotlar bilan Neyroprotekt panelini ochish.

  - **Mobil versiya**&nbsp;—&nbsp;ilovaning mobil versiyasini ochish. Belgilangan yoki ochilgan oynada ayrim saytlar mobil versiyada yaxshiroq aks ettiriladi.

  - **Ilovani oʻchirish**&nbsp;—&nbsp;ilovani Brauzerdan oʻchirish (opsiya paydo boʻlishi uchun kursorni **▾** belgisi ustiga olib boring).


{% endlist %}




## Yashirish yoki oʻchirish {#hide-or-delete}


{% cut "Berkitish" %}


Yon panelda **![](../_image/sidebar-menu.svg)**&nbsp;→ **Ilovalar** tugmasini bosing va ilovadan belgini olib tashlang.


{% endcut %}

{% cut "Olib tashlash" %}


Yon panelda sichqonchaning oʻng tugmasi bilan ilova belgisini bosing va **Ilovani o‘chirish** bandini tanlang.

Agar ilova yon panelda boʻlmasa, ![](../_image/app-menu.svg) tugmasini bosing va uni **Ilovalarim** boʻlimida toping. Unga oʻng tugma bilan bosing va **Ilovani oʻchirish** variantini tanlang.


{% endcut %}



## Tezkor tugmalar {#hotkeys}


{% list tabs %}

- Windows va Linux

  **Umumiy savollar**

  #|

  ||
  Sahifani yangilash
  |
  **F5**

  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**R**
  ||

  ||
  Sahifa yuklanishini to‘xtatish
  |
  **Esc**
  ||

  ||
  Joriy sahifada topish
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**F**

  **F3**
  ||

  ||
  Sahifaning boshiga oʻtish
  |
  **Home**
  ||

  ||
  Sahifa oxiriga o‘tish
  |
  **End**
  ||

  ||
  Bitta ekran pastga o‘tkazish
  |
  **PageDown**

  **Space**
  ||

  ||
  Bitta ekran yuqoriga aylantirish
  |
  **PageUp**

  **Shift**&nbsp;+&nbsp;**Space**
  ||

  ||
  Oynani butun ekranga yoyish yoki butun ekran rejimidan chiqish
  |
  **F11**
  ||
  |#

  <br>

  **Varaqlar**

  #|

  ||
  O‘ngdagi varaqni ochish
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**Tab**

  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**PageDown**
  ||

  ||
  Bitta chapdagi varaqqa o‘tish
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**Shift**&nbsp;+&nbsp;**Tab**

  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**PageUp**
  ||

  ||
  Varaqni tartib raqami bo‘yicha tanlash (1–8)
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**1-8**
  ||

  ||
  Oxirgi varaqni tanlash (uning raqamidan qatʼi nazar)
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**9**
  ||

  ||
  Faol varaqni yopish
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**W**

  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**F4**
  ||

  ||
  Oxirgi yopilgan yorliqni ochish
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**Shift**&nbsp;+&nbsp;**T**
  ||

  ||
  Havolani yangi varaqda ochish
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;havolani bosish
  ||
  |#


- macOS


  **Umumiy savollar**

  #|

  ||
  Sahifani yangilash
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**R**
  ||

  ||
  Sahifa yuklanishini to‘xtatish
  |
  **Esc**
  ||

  ||
  Joriy sahifada topish
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**F**
  ||

  ||
  Sahifaning boshiga oʻtish
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**PageUp**
  ||

  ||
  Sahifa oxiriga o‘tish
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**PageDown**
  ||

  ||
  Bitta ekran pastga o‘tkazish
  |
  **PageDown**
  ||

  ||
  Bitta ekran yuqoriga aylantirish
  |
  **PageUp**
  ||

  ||
  Oynani butun ekranga yoyish yoki butun ekran rejimidan chiqish
  |
  **Ctrl**&nbsp;+&nbsp;**⌘**&nbsp;+&nbsp;**F**
  ||
  |#

  <br>

  **Varaqlar**

  #|

  ||
  O‘ngdagi varaqni ochish
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**Shift**&nbsp;+&nbsp;→

  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**Tab**
  ||

  ||
  Bitta chapdagi varaqqa o‘tish
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**Shift**&nbsp;+&nbsp;←

  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**Shift**&nbsp;+&nbsp;**Tab**
  ||

  ||
  Varaqni tartib raqami bo‘yicha tanlash (1–8)
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**1–8**
  ||

  ||
  Oxirgi varaqni tanlash (uning raqamidan qatʼi nazar)
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**9**
  ||

  ||
  Faol varaqni yopish
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;**W**
  ||

  ||
  Oxirgi yopilgan yorliqni ochish
  |
  **Shift**&nbsp;+&nbsp;**⌘**&nbsp;+&nbsp;**T**
  ||

  ||
  Havolani yangi varaqda ochish
  |
  **⌘**&nbsp;+&nbsp;havolani bosish
  ||
  |#


{% endlist %}



<a href="../support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->




[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.