---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.66.1
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser/en/recommendation/review.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/kk/recommendation/review.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/ru/recommendation/review.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/uz/recommendation/review.md
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser/uz/recommendation/review.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser/uz/llms.txt?revision=cc7ccc3396769a48c2cb634dc87c542509d17691
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser/uz/llms.txt?revision=cc7ccc3396769a48c2cb634dc87c542509d17691



# Saytlar haqidagi sharhlar

[Yandex Brauzerda](https://browser.yandex.uz/) istalgan sayt ishini baholashingiz va u haqida fikr bildirishingiz mumkin. Boshqa foydalanuvchilar umumiy baholar va fikr-mulohazalar orqali ushbu sayt va onlayn-do‘konga ishonish yoki ishonmaslik mumkinligini tushunishi mumkin.

## Sharhlar qanday ko‘riladi {#see-reviews}

{% list tabs %}

- Internet-do‘kon

  Aqlli satrning chap tomonida internet-do‘kon reytingi joylashgan. Nishon rangiga qarab, saytning o‘rtacha bahosi qanday ekanligini darhol aniqlash mumkin:

   - ![](../_image/reviews-button-positive.svg)&nbsp;— neytral va ijobiy;

   - ![](../_image/reviews-button-negative.svg)&nbsp;— salbiy.

  Sharhlarni ko‘rish uchun Aqlli satrda ![](../_image/review-star-icon.svg) tugmasini bosing.

  ![](../_image/review-panel.png)

  Barcha sharhlarni ko‘rish uchun sharhlar ro‘yxatini pastga aylantiring va **Barcha sharhlarni ko‘rish** tugmasini bosing.

- Boshqa saytlar

  1. Aqlli satr chap qismida [Ulanish holati](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/security/protect-panel.md#icons) ![](../_image/grey-lock.svg) belgisini bosing. Neyroproekt paneli ochiladi.

  2. ![](../_image/review-star-icon.svg) belgisini bosing — uning o‘ng tomonida sharhlar haqida axborot ko‘rsatiladi:

     - bu sayt haqidagi sharhlar soni;
     - ijobiy yoki salbiy sharhlar foizi.

     ![](../_image/review-panel-other-sites.png)

  Barcha sharhlarni ko’rib chiqish uchun pastga aylantiring. Bundan tashqari, fikr-mulohazalarni aloqadorlik, ommaboplik va yangiligi asosida tartiblash, hamda avval ijobiy yoki salbiy fikr-mulohazalarni aks ettirish mumkin.

{% endlist %}

## Aqlli satrda sharhlarni ko‘rsatish qanday o‘chiriladi

1. **![](../_image/settings-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar**&nbsp;→ **Interfeys** bandini bosing.


2. **Aqlli satr** menyusida **Internet-do‘konlar reytingini ko‘rsatish** opsiyasini faolsizlantiring.

## Sharh qanday qoldiriladi

{% list tabs %}

- Internet-do‘kon

  Sharh qoldirish uchun: 

  1. Saytni oching.

  2. Aqlli satr chap qismida ![](../_image/review-star-icon.svg) → **Sharh qoldirish** tugmasini bosing.

  1. Yulduzchalar soniga bosib, baho qo‘ying va sayt haqidagi fikrlaringizni yozing. [Sharh yaratishga oid tavsiyalarni](https://yandex.uz/support2/reviews/uz/rules) hisobga oling.

  1. **Yuborishni** bosing.

  Sharhni o‘zgartirish uchun:

  1. Saytni oching.

  2. Aqlli satr chap qismida ![](../_image/review-star-icon.svg) belgisini bosing. Sizning sharhingiz ro’yxatda birinchi aks etadi.

  3. Sharhingizning o‘ng tomonida ![](../_image/menu-tibar.svg) → **O‘zgartirish** tugmasini bosing.

  4. Sharhni tahrirlang va **Yuborish** tugmasini bosing. 

  Sharhni o‘chirish uchun:

  1. Saytni oching.

  2. Aqlli satr chap qismida ![](../_image/review-star-icon.svg) belgisini bosing. Sizning sharhingiz ro’yxatda birinchi aks etadi.

  3. Sharhingizning o‘ng tomonida ![](../_image/menu-tibar.svg) → **O‘chirish** tugmasini bosing.

  {% cut "**Sharhga qanday shikoyat qilinadi**" %}

  Agar [qoidalarga](https://yandex.uz/support2/reviews/uz/rules#rule) zid, masalan, kattalar kontenti yoki haqoratlardan iborat sharhni payqagan bo‘lsangiz, [bizga yozing](https://yandex.uz/support2/reviews/uz/anothertheme).

  {% endcut %}

- Boshqa saytlar

  Sharh qoldirish uchun: 

  1. Saytni oching.

  1. Aqlli satrda [ulanish holati](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/security/protect-panel.md#icons) belgisini bosing.
  
  1. Neyroproekt paneli ochiladi. ![](../_image/review-star-icon.svg) **<...> sharhlar** → **Sharh qoldirish** tugmasini bosing.

  1. Yulduzchalar soniga bosib, baho qo‘ying va sayt haqidagi fikrlaringizni yozing. [Sharh yaratishga oid tavsiyalarni](https://yandex.uz/support2/reviews/uz/rules) hisobga oling.

  1. **Yuborishni** bosing.

  Sharhni o‘zgartirish uchun:

  1. Saytni oching.

  1. Aqlli satrda [ulanish holati](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/security/protect-panel.md#icons) belgisini bosing.
  
  1. Neyroproekt paneli ochiladi. ![](../_image/review-star-icon.svg) **<...> sharhlar** tugmasini bosing. Sizning sharhingiz ro’yxatda birinchi aks etadi.

  1. Sharhingizning o‘ng tomonida ![](../_image/menu-tibar.svg) → **O‘zgartirish** tugmasini bosing.

  1. Sharhni tahrirlang va **Yuborish** tugmasini bosing. 

  Sharhni o‘chirish uchun:

  1. Saytni oching.

  1. Aqlli satrda [ulanish holati](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/security/protect-panel.md#icons) belgisini bosing.
  
  1. Neyroproekt paneli ochiladi. ![](../_image/review-star-icon.svg) **<...> sharhlar** tugmasini bosing. Sizning sharhingiz ro’yxatda birinchi aks etadi.

  1. Sharhingizning o‘ng tomonida ![](../_image/menu-tibar.svg) → **O‘chirish** tugmasini bosing.

  {% cut "**Sharh qanday baholanadi**" %}

  1. Saytni oching.

  2. Aqlli satr chap qismida ![](../_image/grey-lock.svg) tugmasini bosing va ![](../_image/review-star-icon.svg) sharhlar belgisini tanlang.

  3. Kerakli sharh ostida ![](../_image/like-icon.svg) yoki ![](../_image/dislike-icon.svg) belgisini bosing.

  {% endcut %}

  {% cut "**Sharhga qanday shikoyat qilinadi**" %}

  Agar [qoidalarga](https://yandex.uz/support2/reviews/uz/rules#rule) zid, masalan, kattalar kontenti yoki haqoratlardan iborat sharhni payqagan bo‘lsangiz, [bizga yozing](https://yandex.uz/support2/reviews/uz/anothertheme).

  {% endcut %}

{% endlist %}

## Sharhlaringiz haqida maʼlumotlarni boshqarish {#data}

Barcha sharhlaringiz Yandex serverlarida saqlanadi. Biz bu ma’lumotlarni ehtiyotkorlik bilan saqlaymiz: bizning barcha omborlarimiz [SOC 2](https://yandex.uz/support/id/uz/security/standard.html) standarti talablariga javob beradi — bu eng ishonchli xalqaro standartlardan biri.

<!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/p--page-personal-data.md -->
Shaxsiy ma’lumotlaringizni yuklab olish yoki oʻchirib tashlashingiz mumkin.
<!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/p--page-personal-data.md -->



{% list tabs %}

- Yuklab olish

  1. [Ma’lumotlarni boshqarish](https://passport.yandex.uz/profile/data) sahifasini oching va kerakli Yandex ID bilan kirganingizni tekshiring.
  1. **Xizmatlar** boʻlimida xizmat nomi (masalan, Brauzer) tugmasini bosing va keyin **Arxivga buyurtma** bandini bosing.

  Arxiv ochilganidan keyin Yandex sizga arxivni yuklab olish mumkin ekani haqida xabar yuboradi. Agar sizning Yandexda pochtangiz bo‘lmasa, yuklash holati haqidagi ma’lumotni faqat sahifadagi ma’lumot orqali bilishingiz mumkin.


  {% note info %}

  Arxiv parol bilan himoya qilinadi. Qanday qilib parol olish va arxiv ochish haqida Yandex ID [Ma’lumotnoma](https://yandex.uz/support/id/uz/data.html) bo‘limida o‘qing.

  {% endnote %}



- Olib tashlash

  1. [Ma’lumotlarni boshqarish](https://passport.yandex.uz/profile/data) sahifasini oching va kerakli Yandex ID bilan kirganingizni tekshiring.
  1. **Xizmatlar** boʻlimida xizmat nomi (masalan, Brauzer) tugmasini bosing. Yandex bu xizmat uchun saqlaydigan ma’lumotlar bor ro‘yxat ochiladi.
  1. O‘chirib tashlanadigan ma’lumotlarni tanlang va **Tanlanganlarni o‘chirish** tugmasini bosing.
  1. Ochilgan oynada **O‘chirib tashlash** tugmasini bosing.


  O’chirilgandan keyin barcha maʼlumotlaringizdan foydalanish imkoniyatini yo’qotasiz. Ayrim ma’lumotlarni Yandex hali bir muddat saqlab turadi, chunki bu [qonun talabidir](https://yandex.uz/support/id/uz/deleting-data.html).

{% endlist %}

#### Batafsil ma’lumot oling

- [Maʼlumotlarni boshqarish](https://yandex.uz/support/id/uz/data.html)

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.