---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.66.1
alternate:
  - https://yandex.com.tr/support/browser/en/security/passwords-export-from-other-managers.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/kk/security/passwords-export-from-other-managers.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/ru/security/passwords-export-from-other-managers.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/tr/security/passwords-export-from-other-managers.md
  - https://yandex.com.tr/support/browser/uz/security/passwords-export-from-other-managers.md
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser/uz/security/passwords-export-from-other-managers.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: https://yandex.com.tr/support/browser/uz/llms.txt?revision=r22030222
    rel: describedby
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com.tr/support/browser/uz/llms.txt?revision=r22030222




# Neyroprotekt: parol menejerlaridan parollarni eksport qilish


## Kaspersky Password Managerdan parollarni faylga eksport qilish {#kaspersky}


{% note alert %}

Parollar faylda shifrlanmagan shaklda saqlanadi, aks holda ularni Brauzerga yoki istalgan boshqa dasturga import qilib bo‘lmaydi. Bu faylni elektron pochta orqali yubormang, unga hech kimning kirishiga ruxsat bermang hamda parollarni boshqa dasturga import qilgandan keyin faylni darhol oʻchirib tashlang.

{% endnote %}


1. Kaspersky Password Managerni oching va uni blokdan chiqaring.
1. ![](../_image/kasperskiy-settings.svg) → **Sozlamalar** → **Import va eksport** tugmasini bosing.
1. **Matnli faylga eksport qilish** boʻlimida **Eksport qilish**ni bosing.
1. Faylga nom bering va uni TXT formatida istalgan qulay joyga saqlang.


## Faylga 1Password’dan parollarni eksport qilish {#onepassword}


{% note alert %}

Faylda parollar shifrlanmagan shaklda saqlanadi, aks holda ularni [Yandex Brauzerga](https://browser.yandex.uz/) yoki boshqa dasturga import qilish imkonsiz. Bu faylni elektron pochta orqali yubormang, unga hech kimning kirishiga ruxsat bermang hamda parollarni boshqa dasturga import qilgandan keyin faylni darhol oʻchirib tashlang.

{% endnote %}

{% list tabs %}

- 1Password 7 (Windows)


  1. 1Password’ni oching va uni blokdan chiqaring.
  1. Eksport qilinadigan parollarni tanlang.

      {% note tip %}

      Bir nechta parollarni belgilash uchun **Ctrl** tugmasini bosib turgan holda ularni birma-bir bosing. Barcha parollarni tanlash uchun **Ctrl**+**A** tugmalarini bosing.

      {% endnote %}

  1. Belgilangan parollar ustida sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va **Eksport** buyrugʻini tanlang.
  1. Ombordan asosiy parolni kiriting.
  1. Fayl formatini tanlang: PIF (`.1pif`) yoki CSV (`.csv`).  Brauzer **Plain Text (.txt)** formatini qoʻllab-quvvatlamaydi.
  1. Faylni nomlang va uni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan joyga saqlang.


- 1Password 4 (Windows)


  1. 1Password’ni oching va uni blokdan chiqaring.
  1. Import qilmoqchi bo‘lgan parollaringizni tanlang.

      {% note tip %}

      Bir nechta parollarni belgilash uchun **Ctrl** tugmasini bosib turgan holda ularni birma-bir bosing. Barcha parollarni tanlash uchun **Ctrl**+**A** tugmalarini bosing.

      {% endnote %}
  1. **File** → **Export** tugmasini bosing.
  1. Fayl formatini koʻrsating **Comma Delimited Text (.csv)**. Brauzer **Plain Text (.txt)** formatini qoʻllab-quvvatlamaydi. Boshqa formatlar ishlamaydi.
  1. Eksport qilinadigan parollarni tanlang:
      * barcha parollar (**All Logins**);
      * faqat tanlanganlar (**Selected Logins**).
  1. Faylni nomlang va uni o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan joyga saqlang.


- 1Password 7 (macOS)


  1. 1Password’ni oching va uni blokdan chiqaring.
  1. Parollarni eksport qilmoqchi boʻlgan omboringizni tanlang. Barcha omborlardagi parollarni bir vaqtda eksport qilish imkonsiz. 
  1. **File** → **Export** → **All Items** tugmasini bosing.
  1. Ombordan asosiy parolni kiriting.
  1. Fayl formatini tanlang: PIF (`.1pif`) yoki CSV (`.csv`).  Brauzer **Plain Text (.txt)** formatini qoʻllab-quvvatlamaydi.
  1. **Save** tugmasini bosing.


{% endlist %}


## LastPass’dan parollarni faylga eksport qilish {#lastpass}


{% note alert %}

Parollar faylda shifrlanmagan shaklda saqlanadi, aks holda ularni Brauzerga yoki boshqa dasturga import qilib bo‘lmaydi. Bu faylni elektron pochta orqali yubormang, unga hech kimning kirishiga ruxsat bermang hamda parollarni boshqa dasturga import qilgandan keyin faylni darhol oʻchirib tashlang.

{% endnote %}


1. [Aqlli satr](*smart-link) oʻng tomonidagi ![](../_image/lastpass-icon.svg) kengaytma belgisini bosing. Agar belgi ko‘rinmasa, uni [yoqing](https://yandex.com.tr/support/browser/uz/personalization/extension.md).
1. Zarur boʻlsa, LastPass hisobiga kiring.
1. Parollar omboriga oʻting. Buning uchun kengaytma oynasida **Vault** tugmasini bosing.
1. Chap menyudan **Advanced Options** tugmasini bosing.
1. **Manage your vault** boʻlimida **Export** tugmasini bosing.
1. LastPass hisobingizga biriktirilgan emailda eksportni tasdiqlash uchun xatni oching. Agar xat kelmasa, **Spam** jildini tekshiring.
1. Xatda **Continue export** tugmasini bosing.
1. Parollar omboriga qayting. Buning uchun kengaytma oynasida **Vault** tugmasini bosing.
1. Chap menyudan **Advanced Options** → **Manage your vault** boʻlimi → **Export** tugmasini bosing.
1. Qalqib chiquvchi oynada LastPass hisobingizga biriktirilgan email manzili va LastPass bosh parolini kiriting.
1. **Submit** tugmasini bosing.

`lastpass_vault_export.csv` nomli fayl **Yuklanmalar** jildiga saqlanadi. Yuklanmalarga oʻtish uchun Brauzerda **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Yuklanmalar** yoki **Ctrl** + **J** Windows uchun (**⌘** + **J** macOS uchun) tezkor tugmalarini bosing.



<a href="../support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.